"Yunayted" yakshanba kuni "Manchester Siti"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Menimcha, ularda sifat yo'q.
Yarim himoyada to'rt yoki besh nafar o'yinchidan qaysi ikki nafarini maydonga tushmasin – Kazemiro, Brunu, Maynu – ular urinib ko'rgan kombinaciya ish bermayapti. Bu katta muammo. Men yoz davomida asosiy maqsad – oyoqda yaxshi o'ynaydigan, o'yinni nazorat qila oladigan markaziy yarim himoyachini olib kelish deb o'ylagandim.
Darvozabon (shuningdek) asosiy muammo edi. Ular "Grimsbi"gacha Onana etarli darajada yaxshi emasligini tushunishlari kerakmasmidi? Agar "Manchester Yunayted" Janluiji Donnarumma bilan qiziqmagan bo'lsa, bu – jinoyat.
Transfer bo'limi uning o'rniga hujumchilarni sotib olishga kirishib ketdi. Bu hal qilinishi kerak bo'lgan muammo, lekin birdaniga uch nafarini sotib olish kerakmidi? Bu zarur bo'lganiga ishonchim komil emas”, – dedi Skoulz.