iks
ads

Abbosbek O'lmasbekov: "Osiyo Kubogi saralashida har uchala o'yinda yutishni niyat qilganmiz"

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 19:48
  • 417
  • 30

Futzal bo'yicha O'zbekiston – Yaponiya uchrashuvidan keyin posbon Abbosbek O'lmasbekov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Osiyo Kubogi-2026 saralashi doirasidagi oxirgi yig'inimizni tugatdik. Juda kuchli bo'lgan Yaponiya bilan kuch sinashdik. Bugun yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Osiyo Kubogi saralashida har uchala o'yinda yutishni niyat qilganmiz. Vatanga yorug' yuz bilan qaytamiz degan umiddaman", – dedi darvozabon.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 18 sentyabr kuni Bishkekka uchib ketadi. Qirg'iziston Respublikasi poytaxtida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogining "F" saralash guruhida terma jamoa mezbonlardan tashqari Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar