iks
ads

Ravshan Muxadov: “Turnirda kuchsiz jamoa yo'q”

  • Mr.NoBoDy 17.09.2025 09:32
  • 253
  • 30

“Arkadag” - “Andijon” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Muxadov va jamoa futbolchisi Mirza Beknazarov qatnashishdi.

- o'yin haqidagi rejangiz qanday?

- Bosh murabbiy: Avvalambor xush kelibsizlar! Albatta, har bir jamoa ijobiy natija kutadi. Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, biz ularni O'zbekiston chempionatidagi o'yinlari orqali o'rgandik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqladik va shunga monand tayyorlandik.

- Futbolchi: Hamma o'yinchilarimiz murabbiyimizning ko'rsatmalari orqali bo'lajak bahs tayyorlandik. O'yinni yutishga harakat qilamiz.

- “Arkadag” uchun muhim o'yin. O'yinga “nastroy” qanday? Jamoada tajribali mutaxassis ishlayapti. Qanday ko'rsatmalar berildi?

- Bosh murabbiy: O'yinga qo'yilgan ko'rsatmani yashirmaymiz. Bu biz Turkman xalqi ishqibozlari uchun bayramdek. O'tgan yili omadli qatnashdik. Rejalarimizni yuqori qo'ydik. Shunday tempda olg'a boramiz. O'tgan yildagi o'yinlarimiz, g'alabalarimiz ham o'z-o'zidan kelgani yo'q. Ushbu musobaqada oddiy, engil o'yinlar bo'lmaydi. Turnirda kuchsiz jamoa yo'q. Chunki bilasizlar, musobaqada Ronaldu jamoasi ham bor. Shu sababli oson uchrashuvlar yo'q. 

- Ravshan Abdurahmonovich, biz bunday turnirda yurtimiz sharafini himoya qilamiz. Barcha futbolchilar deyarli terma jamoa o'zagi. Ularni funkcional holatini aytib o'tsangiz. 

- Funkcional tomondan 100 foiz qoniqdik. Ikkinchi davra o'yinlari start oldi. Professional futbolchi 5-6 ta turdan keyin o'z o'yini topib oladi. Bu erda tarkibdan  to'g'ri foydalanish, agar o'zimizga ishonmasak, bu erda turishimizni nima keragi bor?

- Jamoani kayfiyati qanday? O'yinga qanday tayyorlandinglar? Siz ham tayyormisiz? 

- Futbolchi: Birinchi tur masuliyatli o'yin. Bu o'yinga yaxshi tayyorlandik. Murabbiy ko'rsatmalariga amal qilamiz, yaxshi o'yin ko'rsatamiz.

- Ertaga stadion muxlislar bilan to'lishi kutilyapti. Ularni g'alaba bilan xursand qila olasizlarmi?

- Turkmanistonning hamma mintaqasidan muxlislarni Arkadag shahriga chorlab qolamiz. Birinchi o'yinda barcha futbolchilar muxlislar oldida yutib, ularni xursand qilishni xohlashmoqda.

- Ravshan Abdurahmonovich, “Andijon” klubi haqida fikringiz qanday? Masalan, pozisiya bo'yicha qaysi futbolchilarini yaxshiroq bilasiz?

- Ayyor, savol. Albatta, bilamiz. Aytib o'tganimdek, o'rganib chiqdik. Qanday legionerlar to'p surishini bilamiz. Darvozaboni Qirg'iziston terma jamoasida turadi. Yaxshi saviyali jamoa, o'rganib chiqdik. Bu borada nimadir desam noto'g'ri bo'ladi, ertaga yaxshi o'yin ko'ramiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar