iks
ads

OCHL-2. "Andijon"ning raqibida jamoani kim boshqaradi?

  • Mr.NoBoDy 17.09.2025 10:48
  • 148
  • 30

Bugun "Andijon" jamoasi OCHL-2 musobaqasidagi yurishini boshlaydi.

Ularning raqibi — Turkmanistonning "Arkadag" klubi. Kecha matbuot anjumanida jamoa nomiidan Ravshan Muhadov qatnashdi. Biroq murabbiylar shtabini Vladimir Bayramov boshqarishda davom etadi.

Malumki, OFK musobaqalarida jamoani rasman boshqaradigan shaxsda PRO licenziya bo'lishi shart. Bayramovda esa bu darajadagi ruxsatnoma yo'q. Shu sababdan klub ro'yxatda Muhadovni asosiy masul sifatida ko'rsatgan. 

Eslatib o'tamiz, 2021 yilgi OCHLda ham shunga o'xshash holat kuzatilgan edi: Tojikistonning "Istiqlol" klubida Vitaliy Levchenkoda  PRO licenziyasi bo'lmagani uchun, rasmiy xujjatlarda Mubin Ergashev bosh javobgar mutaxassis sifatida qayd etilgandi.

Malumot uchun, uchrashuv bugun soat 18:45da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar