CHL umumiy bosqichi 1-turida madridliklar "Marsel"ni (2:1) mag'lub etdi, ikkala gol penaltidan urildi – Kilian Mbappe ikki marta nishonda adashmadi.
Chempionlar ligasida "Real" foydasiga 63ta penalti belgilandi – bu boshqa har qanday jamoaga nisbatan ko'proq. Kechagi o'yindan so'ng madridliklar bu ko'rsatkich bo'yicha "Bavariya"ni (62ta penalti) ortda qoldirdi.
Chempionlar ligasida 11 metrlik jarima to'plari soni bo'yicha uchinchi o'rinda "Barselona" (56ta), undan keyin "Manchester Siti" (37ta) va "Arsenal" (36ta) joylashgan.