Serbiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Deyan Milovanovich faxriylar uchrashuvi paytida vafot etdi. 41 yoshli sportchi «Srvena Zvezda» faxriylari safida maydonga tushdi, ammo o‘yin davomida unda yurak xuruji kuzatildi, deb xabar bermoqda L'Équipe.
Manbada ma’lum qilinisha, Milovanovichda «ikkita infarkt» sodir bo‘lgan. U gol urganidan bir necha daqiqa o‘tib, o‘yin paytida hushidan ketgan. Holat joyiga tez yetib kelgan tibbiyot xizmatlari uni hushiga keltira olishmagan.
Futbolchilik faoliyati davrida Milovanovich Serbiyaning «Srvena Zvezda» va «Vojdovas», Fransiyaning «Lans» hamda Gresiyaning «Panionios» klublarida to‘p surgan. U Serbiya terma jamoasida ikki marta maydonga tushgan. 2006 yilda esa Deyan Serbiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.