iks
ads

Angliyaliklar Lev Yashin sovrini nomini o‘zgartirishni istashmoqda

  • Mr.NoBoDy 17.09.2025 15:00
  • 399
  • 30

Rossiya klublari va terma jamoalarining UEFA musobaqalariga qaytishi masalasi ochiqligicha qolmoqda. 11 sentyabr kuni Tiranada bo‘lib o‘tgan ijroiya qo‘mitasi majlisida qaror qabul qilinmadi. Ushbu 2026 yil 12 fevralda Bryusselda bo‘ladigan UEFA Kongressiga qoldirildi.

Sport24 ma’lumotiga ko‘ra, Albaniyadagi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida Angliya delegasiyasi va bir necha davlat vakillari shaxsiy mukofotlar masalasini ko‘tardi. Britaniyaliklar FIFAning yilning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan Lev Yashin nomi bilan ataluvchi sovrinini qayta nomlashni taklif qilishdi. Alternativ variant sifatida o‘tgan asr afsonalari — angliyalik posbon Gordon Benks va italiyalik Dino Dzoff nomlari tilga olindi.

Lev Yashin futbol tarixida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon bo‘lib qolmoqda. U bu mukofotni 1963 yilda olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar