Shu paytgacha Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan o'tkaziladigan klublar miqyosidagi musobaqalarda 12 ta o'zbek klubi ishtirok etgandi. "Andijon" jamoasi ushbu ro'yxatda 13-o'zbek klubi bo'ladi.
Quyida OFK turnirlarida ishtirok etgan jamoalarimiz va ularning natijalari bilan tanishamiz:
"Paxtakor" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (avvalgi OCHLda 19 martta, Elitda 1 martta) 20 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.
"Bunyodkor" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 10 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.
"Nasaf" — Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 3 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chempionlik (OFK kubogida).
"Lokomotiv" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 5 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.
"Neftchi" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — 3-o'rin. Osiyo chempionlar ligasi (OFK Kubogi) 2 turnirida 2 marta qatnashgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.
OKMK — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.
"Do'stlik" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.
Qo'shimcha: "Do'stlik" qatnashgan yilda musobaqa Osiyo Kubok egalari Kubogi nomlangan. Toshkent viloyati jamoasi guruh bosqichiga chiqish uchun ilk raunddayoq Tojikistonning "Varzob" jamoasi bilan to'qnash kelgan va raqibga texnik g'alaba yozilgan. O'yin o'tkazilmagan. Guruh bosqichigacha etib bormagan.
"Mashal" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.
"Navbahor" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.
"Sho'rtan" — Osiyo chempionlar ligasi (OFK Kubogi) 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final.
"So'g'diyona" — Osiyo chempionlar ligasi 2 (OFK Kubogi) turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.
Qo'shimcha: "Yangier" ham Kubok egalari Kubogining 1995-1996 yilgi mavsumida qatnashgan. Ilk saralash bosqichida "Turan"ni yutgan, ikkinchi saralash raundida Iroqning "Al Talaba" jamoasiga mag'lub bo'lgan.