14 sentyabr, yakshanba kuni 21 yoshli Husanov APLning 4-turi doirasidagi “Manchester Yunayted”ga (3:0) qarshi o'yinni to'liq o'tkazdi va eng yaxshi baho olgan futbolchilardan biri bo'ldi, hatto tur ramziy terma jamoasiga ham kirdi.
"Biz har uch kunda o'ynashimiz kerak: hech kim bunga [qanotdagi bunday yuklamaga) qodir emas. Men uning jismoniy imkoniyatlarini bilaman. U juda tez va [o'ng] qanotni juda yaxshi yopadi. U to'pni kamdan kam yo'qotadi, lekin bazida uning g'ayrati uni noto'g'ri qarorlar qabul qilishga majbur qiladi", – dedi Gvardiola.