O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni "Fulad"ning so'nggi kunlardagi mashg'ulotlarida ishtirok etmagan.
Footballi.net xabariga ko'ra, CAFA finalida Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda jarohat olgan O'tkir Yusupovning jarohati kutilganidan jiddiy. U tez orada jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
"Fulad" ertaga Eron Pro ligasi 4-turida chempionat peshqadami "Haybar" bilan ro'baro' keladi.