iks
ads

Farg'onada "Neftchi" g'alaba qozonadimi? Olmaliqda nima bo'ladi? - 22-tur oldidan mutaxassis fikri

  • Mr.NoBoDy 18.09.2025 15:40
  • 339
  • 30

Bugundan Superliganing 22-tur bellashuvlari boshlanadi.

Ushbu turdan bir emas bir nechta qiziqarli va markaziy qarama-qarshiliklar o'rin olgan. Ushbu uchrashuvlar oldidan sobiq futbolchi Artyom Filiposyan taxminlarini bildirdi. 

"Surxon" - "Mashal"

— Yaxshi va qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Bunga sabablar bor albatta. "Surxon" uyda hujumkor o'ynaydi. Ular 3 ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. "Mashal" ham yaxshi jamoa. O'tgan turda "Sho'rtan"dan ustun keldi va ozgina bo'lsa ham ishonch orttirib oldi. Fikrimcha, o'yin durang bilan yakunlansa kerak. 

OKMK - "Bunyodkor"

— Olmaliqda ajoyib o'yin guvohiga aylanamiz. OKMK o'tgan turda 3 ochkoni boy bergandi. Bu jamoa medallar uchun kurashyapti, xuddi shunday "Bunyodkor" ham. O'ylashimcha, muxlislar bu to'qnashuvda ochiq futbol ko'rishadi. Imkoniyatlar 50/50.

"Sho'rtan" - "Paxtakor"

— "Paxtakor"ga qiyin bo'lishi mumkin, chunki "Sho'rtan" Superligada jon saqlab qolishi kerak. Shu bois mehmonlarga oson bo'lmaydi. Ammo yakuniy fikrim "Paxtakor" g'alaba qozonadi.

"Xorazm" - "Qo'qon-1912"

— Ikki jamoa ham turnir jadvalining quyi qismida ketmoqda. "Xorazm" o'z maydonida, muxlislar qarshisida g'alaba qozonganicha yo'q. Bu bellashuvda maydon egalari 3 ochkolik bo'lishadi. 

"Buxoro" - "Navbahor"

— "Buxoro"da yangi murabbiy Aleksandr Xomyakov ish boshladi. Jamoa qanday o'yin ko'rsatishini hali bilmaymiz. "Navbahor" o'tgan turda durang qayd etdi. Taxminimcha, bu safar ham o'yin durang natija bilan yakunlansa kerak. 

"Neftchi" - "Dinamo"

— Ikkita kuchli jamoalar uchrashuvi hisoblanadi. "Dinamo"ning yaxshi va chiroyli o'yin ko'rsatayotganini aytishim mumkin. "Neftchi" ham o'ziga yarasha natija qayd etmoqda. Mezbonlar g'alabani o'ziniki qilsa kerak degan taxmindaman. 

"Andijon" - "So'g'diyona"

— "So'g'diyona" safarda o'ynashiga qaramasdan yaxshi harakat qilmoqda. Ushbu bahsda imkoniyatlar 50/50.

"Qizilqum" - "Nasaf"

— "Qizilqum" Superligada munosib jamoa ekanligini ko'rsatib kelmoqda. Superligada ham mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi va o'tgan turda Qo'qon jamoasiga yutqazdi. "Nasaf" yutadi deb o'ylayman. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar