Forza Juventus nashrining insayder Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, suhbat yozgi transferlar oynasi boshida bo'lib o'tgan.
Italiyaliklar bu taklifni klub ichida muhokama qilgan holda rad etdi.
Endrik o'tgan mavsum "Real" safida La Ligada 22 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Joriy mavsumda 19 yoshli hujumchi sonidan olgan jarohati tufayli hali o'ynamadi.