Kechagi uchrashuvda parijliklar o'z maydonida 4:0 hisobida mag'lub qildi.
"Birinchi bo'limni tirubada kuzatishni istadim, bu orqali o'yinni to'liqroq ko'rdim va bu menga ko'proq malumot berdi. Menimcha jamoam bosimni osonlik bilan engib o'tdi. Shu orqali raqibning qanday o'ynashini va qanday pressing qilayotganini batafsil ko'rish mumkin. Ikkinchi bo'limda raqiblar o'yin uslubini o'zgartirdi va markazdayoq himoyalanishni boshlashdi. Biz esa o'yinni boshidan oxirigacha nazorat qilib bordik.
"Marsel"ga qarshi safar o'yinida ham shunday qilish borasida bir qarorga kelmadim. Hozir jismonan ham yaxshi holatda emasman. Balki olov bilan o'ynashmaslik kerakdir. Jamoam bilan yonma-yon bo'lishni va ularning hissiyotlarini birgalikda his qilishni istayman. Bu francuz futbolining klassik bahsi. Bunday atmosferada istalgan murabbiy futbolchilari bilan yonma-yon bo'lishni istasa kerak", - dedi Enrike.