Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa 62-daqiqada maydonga tushirildi.
Durang bilan yakunlangan o'yinda Eldor Shomurodov jamoasining yagona goliga mualliflik qildi (29-daqiqada). Qayd etish kerakki, hamyurtimiz 52-daqiqada ham raqib darvozasini ishg'ol qilgandi, ammo u ofsayd sabab bekor qilindi.
"Rizespor" ishtirokidagi parallel o'yinda himoyachi Husniddin Aliqulov jarohati sabab qaydnomadan o'rin olmadi.