- Shuni aytishim mumkinki, mazmunli va qiziqarli o'yin bo'ldi. Birinchi taymda yaxshiroq o'ynadik. Tempni ushlab turish borasidagi rejalarimiz amalga oshdi. Afsuski, darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik va kerakli vaziyatda imkoniyatni saqlab qola olmadik. O'zgarishlar orqali natijani o'zgartirishga harakat qildik. Yaxshi o'yin ko'rsatgandik, barchasi o'z qo'limizda edi. Biroq g'alabani ushlab qola olmadik. Barcha ko'rdi, oxirgi soniyalargacha g'alaba uchun kurashish kerak edi. "Andijon" munosib harakat qilib, xarakter ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda gol o'tkazib yuborguncha yaxshi o'ynadik. Keyinchalik o'yinimiz unchalik qovushmadi. G'alabani saqlab qola olmaganimiz biz uchun afsuslanarli. Uch ochkoni qo'lga kirita olmaganimiz alamli bo'ldi.
- Dorievning goligacha bo'lgan vaziyatda uni "Andijon" himoyasi yaxshi qo'riqladi. Bu haqida fikringiz qanday?
- Albatta, bunga yo'l qo'ymadi. Birgina unga bog'liq emas. Bu jamoaviy o'yin. Bir o'zi hech nima qila olmaydi. Jamoa bilan yaxshi natijaga erishishi mumkin. Faqat bir futbolchini yaxshi yoki yomon o'ynadi, deb ayta olmayman.
- Bugun Rubin Xebay qaydnomada ham ko'rinmadi...
- Uni jarohati bor, lekin jiddiy emas. Yaqin kunlarda jarohatdan forig' bo'lgach yana maydonga qaytadi. O'zbekiston Kubogi yarim finalida "Buxoro" bilan o'yinimiz bor. O'ylaymanki, u o'sha uchrashuvda jamoamizga yordam beradi.