iks
ads

APL. "Arsenal" "Manchester Siti" bilan o'yinning so'nggi daqiqalarida mag'lubiyatdan qutulib qoldi, Husanov jarohat sabab bir taym o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 21.09.2025 22:40
  • 499
  • 30

APLning 5-turi doirasidagi "Arsenal" - "Manchester Siti" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Arsenal - Manchester Siti 1:1

Gol: Erling Xoland (9, 0:1), Martinelli (90+3, 1:1).

Arsenal: Rayya, Kalafori, Magalyaes, Saliba, Timber (Martinelli, 46), Rays, Subimendi (Moskera, 90+7), Merino (Eze, 46), Trossard, Gyokeresh, Madueke (Saka, 46).

Zaxiradagilar: Arrisabalaga, Lyuis-Skelli, Uayt, Nvaneri, Nergor.

Manchester Siti: Donnarumma, Gvardiol, Diash, Husanov (Nunesh, 46), O'Rayli (Stounz, 87), Rodri, Reynders, Foden (Ake, 68), Silva, Doku (Savino, 87), Xoland (Gonsales, 76).

Zaxiradagilar: Trafford, Lyuis, Bobb, Mukasa.

Ogohlantirish: Bernardu Silva (36), Donnarumma (77).

Match-senterda ochish

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Kun markaziy o'yinida durang qayd etildi. Zerikarli bahsda "Siti" ikkinchi raqamli bo'lib oldi va natijani ushlab qololmadi.

"Arsenal" bugun "Andijon"cha xarakter namoyish qilib, mag'lubiyatdan qutulib qolmoqda.

90+5. "Siti" jarima zarbasiga ega bo'ldi.

90+3. GOOOOOOOLLL!! Martinelli hisobni tenglashtirdi. "Siti" himoyasi parchalandi.

90+1. Qanotdan uzatilgan to'pni Nunesh qaytarib yubordi. Mateush ham zo'r o'ynadi bugun.

O'yinga 7 daqiqa qo'shildi.

89. Deklan "Guruch" hujumning eng asosiy fazasiga kelganida to'pni to'xtata olmadi.

87. O'Rayli o'yinni yakunlay olmadi. O'rnini Stounz to'ldirdi. Shuningdek, Doku o'rniga Savino o'ynaydi.

85. Sakaning qanotdan uzatmasini markaziy himoyaga tushgan Rodri qaytardi.

84. O'Rayli ham jarohat oldi. Oxiri bahayr bo'lsin.

82. DOKUUUUUU!! Undan yana bir solo gol ko'rishimiz mumkin edi. Biroq yakuniy zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. "Arsenal"ning burchakdan uzatmasi xavfli chiqdi. Donnarumma uzun qo'llari bilan to'pni qaytardi.

80. Salibaning hujumdagi sherigi Gyokereshga uzatgan to'pini Nunesh burchakka chiqarib yubordi.

77. Xoland o'rniga Niko tushdi: himoya va hujumga birdek yordam beradigan Gonsales o'ynaydi. Bu ham himoyaviy o'yinning bir qismi bo'lsa kerak.

76. Kalaforining boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi. U to'p uchun kurashda Nuneshdan ustun keldi.

72. "Siti" 5-4-1 ko'rinishidagi "devor"idan "Arsenal" o'ta olmayapti. Kalafori bu safar hujumda Bernarduga qarshi fol ishlatdi va to'p "shaharliklar"ga olib berildi.

71. Saka Rodriga qarshi fol ishlatdi. "Siti" esa natija uchun ortga o'ynashga tayyor.

68. Gvardiola Foden o'rniga Akeni tushirdi. "Siti" endi faqatgina natija uchun o'ynaydi.

66. "Siti"ning kam sonli hujumlaridan biri. Gabriel to'pni qaytarib yubordi va "Arsenal" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi.

63. Doku Sakani yiqitdi. Jarima zarbasi.

62. "Arsenal"ning bugungi burchak zarbalari umuman o'xshamayapti. Yoki "Siti" bunga jiddiy tayyorlanib kelgan.

59. "Arsenal"ning hujumini Gvardiol qaytardi. Burchak zarbasi.

57. ZARBAAAAAAAA!! Xoland birga bir holatdan foydalana olmadi. Uning zarbasini Rayya qaytardi.

56. Trossardga farqi yo'q ekan. U Nuneshdan ham o'ta olmayapti.

53. "Arsenal"ning hujumini O'Rayli qaytardi.

50. ZARBAAAAAA!! Ezening kuchli zarbasini Donnarumma qaytardi.

48. UXXXXXX!! Subimendining zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi. Juda xavfli zarba.

46. Ikkinchi bo'lim Timberning sarig'i bilan boshlandi. U tezlikdagi Dokuni ushlab qolib, yiqitdi va istiqbolli hujumni to'xtatdi deb hisoblanib, ogohlantirildi.

- Ikkinchi bo'limni boshlash uchun jamoalar maydonga qaytishmoqda. "Arsenal" Eze hamda Sakani maydonga tushirdi. "Siti"da esa Husanov almashtirildi, o'rnini Nunesh to'ldirdi.

Tanaffus!

45+5. Madueke katta tezlikda O'Rayli bilan to'p uchun kurashdi va "Siti" futbolchisi bu borada tezlikda ustunlik qildi.

45+3. Trossard Bernarduga qarshi fol ishlatdi, deb o'ylagandik. Bernardu va Leandro o'rtasida qiziq ishlar bo'libdi. Buni ayta olmaymiz)

45+1. ZARBAAAAAAAAA!! Maduekening kuchli zarbasini Donnarumma qaytardi va himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

44. "Arsenal" bosim uyushtirdi. Yakun - Trossard ofsaydda.

42. Burchakdan keyingi Salibaning zarbasi noaniq ketdi. Bu pallada Donnarumma to'pga chiqishda juda no'noq harakat qilganini ham aytib o'tish kerak.

41. Subimendi chap qanotdan darvoza yoniga to'pni oshirdi. Maduekening zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi. Korner.

39. Rodri noaniq zarba berdi. Keyingi hujumda Gyokeresh Jiji bilan deyarli birga-bir holatga chiqib borayotgandi. Husanov tezlikda shveddan ustunlik qildi va to'pni Donnarummaga yutib berdi.

38. Husanov bizni biroz qo'rqitdi. U Donnarummaga to'pni uzatganida raqibi ham darvozabonga yaqinlashib keldi. Bu pallada darvozabon, himoyachi va Husanov sovuqqon o'ynadi va osonlik bilan vaziyatdan chiqib ketishdi.

37. "Arsenal" ikki qanotsiz hujum qilmoqda. Ikkala qanotdan Husanov va O'Rayli tezlik bobida raqiblaridan ustunlik qilishmoqda.

36. Bernardu Silva sariq kartochka oldi. U Gabrielni atay tepdi.

35. Ayni daqiqalarda "Arsenal" raqib yarim maydonida bosim uyushtirmoqda. "Siti" 6-4 uslubida himoya qo'rg'onini tashkil qilgan.

32. UXXXX!! "Arsenal" yaxshi hujum uyushtirdi. Havolatib uzatilgan to'pga Maduke yaxshiroq boshini qo'ya olganida xavfli zarba ham bo'lishi mumkin edi.

28. Madueke hujumga o'tdi va O'Raylidan osonlik bilan o'tib, darvoza yoniga to'pni oshirdi. Bernardu xavfni bartaraf qildi.

26. "Arsenal" chap qanotdan hujumga o'tdi. Kalaforining uzatmasi Husanovga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

24. "Siti" hujumga o'tayotganida Timber Reyndersdan to'pni olib qo'yib, sheriklariga oshirdi. Tijjani yotib oldi, bu esa muxlislarga maqul kelmadi. 

22. Tan olish kerak, Husanov hozir "Siti"ni bir goldan saqlab qoldi. Merinoga kesib pas uzatildi, agarda Husanov to'pga tegmananida Mikel Donnarumma bilan birga-bir holatga chiqib borardi.

20. Reyndersning zarbasini Rayya ushlab oldi.

19. "Arsenal" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Foden qaytarib yubordi.

17. Husanov o'yinga qaytdi.

16. Abduqodirga tibbiy yordam ko'rsatildi va u maydondan tashqariga olib chiqib ketildi. U o'yinni davom ettirsa kerak.

14. Abduqodir Husanov jarohat  oldi va tibbiy yordamga muhtoj bo'lib yotibdi.

12. Goldan keyin "Arsenal" hovuridan tushdi va "Siti" ko'proq oldinda o'ynamoqda.

9. GOOOOOOOOOLLLL!! "Siti" hisobni ochdi! Tezkor qarshi hujum va Xolanddan gol!

8. "Arsenal" dastlabki daqiqalarda "Siti"ga nafas olishiga imkon bermayapti. Markazdan uyushtirilishi kerak bo'lgan hujumni O'Rayli qaytardi.

4. Tavbasiga tayanmagan Trossard yana chap qanotdan hujumga o'tishga harakat qildi. Husanov esa undan to'pni juda osonlik bilan olib qo'ydi.

2. Uchrashuvdagi ilk hujum "Arsenal" tomonidan tashkil qilindi. Husanov o'z qanotida ishonchli o'ynadi va xavfni bartaraf qildi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va hamma o'yinni boshlash uchun shay holatda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Emireyts"dagi o'yin startiga oz vaqt qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар