Mazkur o'yindan keyin O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov fikrlarini bildirdi.
"Bu yoshdagi futbolchilar anchadan beri yig'ilmagan edi. Tarkibdagi futbolchilar ko'pchilikka tanish, avvalgi U-20 terma jamoasidagi o'yinchilar bor. Bu yig'inimiz olimpiya yoshidagi futbolchilarga bag'ishlandi. Eski bog'lamlarni yodga olishni maqsad qilgan edik. O'yinni shakllantirish jarayonini boshladik. Qolaversa, yangi nomlar qo'shilmoqda. To'g'ri, g'alaba bor. Lekin o'yin borasida savollarimiz ko'p.
Zaxiradan maydonga tushadigan futbolchi o'yinni kuchaytirishi kerak. Zaxirada o'tirish yaxshi yoki yomonni anglatmaydi, chunki bu terma jamoaga shu yoshdagi eng kuchli futbolchilar chaqiriladi. Yigitlarni shu ruhda tayyorlaymiz. 3 yoki 5 daqiqa o'ynaydimi muhimi o'yinni kuchaytirishi lozim. O'yinimizda kamchiliklar ko'p. Qozog'iston bilan mana shu kamchiliklarni ko'rib oldik", - deydi Ravshan Haydarov.