"A" guruhiga mezbonlik qilayotgan Qatar BAAga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvda BAA terma jamoasi mag'lub bo'lmagan taqdirda, kelasi yili yozda bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Qatarliklar uchun esa faqatgina g'alaba zarur. Uchrashuv 22:00 da start oladi.
Ayni vaqtda ushbu guruhda BAA 3 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Qatar va O'mon hisobida 1 tadan ochko bor.
"B" guruhining yakunlovchi turida esa Saudiya Arabistoni Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsdagi durang natijasi saudiyaliklarni JCHga olib chiqsa, Iroqning JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun faqatgina g'alaba zarur. Ushbu bahs 23:45 da start oladi.
Turnir jadvalida ayni vaqtda Saudiya Arabistoni va Iroqda 3 tadan ochko bor.