Niderlandiyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomani imzolaydi. Futbolchining tovon puli esa 500 million evroga ko'tariladi.
Malumot uchun, Frenki de Yong 2019 yildan beri "Barselona"da harakat qiladi. O'shanda Kataloniya klubi yarim himoyachi uchun "Ayaks"ga 85 million evro to'lagandi.
Shu vaqtga qadar Frenki de Yong "Barselona" safida 267 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 24 ta assist bor.