iks
ads

JCH-2026 saralash. Bugun Osiyoda ikkita dahshat o'yin bor

  • Mr.NoBoDy 14.10.2025 11:24
  • 155
  • 30

Bugun Jahon chempionati-2026 Osiyo mintaqasi 4-bosqichning hal qiluvchi ikkita o'yin bo'lib o'tadi.

"A" guruhiga mezbonlik qilayotgan Qatar BAAga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvda BAA terma jamoasi mag'lub bo'lmagan taqdirda, kelasi yili yozda bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Qatarliklar uchun esa faqatgina g'alaba zarur. Uchrashuv 22:00 da start oladi.

Ayni vaqtda ushbu guruhda BAA 3 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Qatar va O'mon hisobida 1 tadan ochko bor.

Match-senterda ochish

"B" guruhining yakunlovchi turida esa Saudiya Arabistoni Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsdagi durang natijasi saudiyaliklarni JCHga olib chiqsa, Iroqning JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun faqatgina g'alaba zarur. Ushbu bahs 23:45 da start oladi.

Turnir jadvalida ayni vaqtda Saudiya Arabistoni va Iroqda 3 tadan ochko bor.

Match-senterda ochish

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar