"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLSda mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Haftaning so‘nggi o‘yinida “Neshvill”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda argentinalik futbolchi xet-trik qayd etib, jamoasiga 5:2 hisobidagi irodali g‘alabani keltirdi.
38 yoshli futbolchi chempionatni 29 ta gol bilan yakunladi va to‘purarlik poygasida eng yaqin ta’qibchilaridan 5 taga o‘zib ketdi.
Messi faoliyatida 31-marta turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi - bu MLSdagi ilk sovrin bo‘ladi. Messi avvalroq La Liganing “Oltin butsasi” (8 marta), Chempionlar ligasi to‘purarligi (6)ni qo‘lga kiritish bilan birga, Ispaniya Superkubogi (5), Ispaniya kubogi (4), UEFA Superkubogi (2), Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Amerika Kubogi, Qirol kubogi, 21 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionati va Jahon chempionati saralash turnirida eng ko‘p gol urgan.