iks
ads

Braziliya chempionati yetakchilaridan biri murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 14:55
  • 32
  • 30

Braziliya chempionati yetakchilaridan biri jamoasi bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, "Flamengo" rahbariyati 40 yoshli Filipe Luis bilan 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan yangi ikki yillik bitim shartlari bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Ayni vaqtda "qizil-qoralar" Braziliya A Seriyasida 28 turdan keyin 61 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda. Chempionat peshqadami "Palmeyras" ham shuncha ochko to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, Filipe Luis 2024 yilning sentyabr oyi oxirida "Flamengo"ni qabul qilib olgan edi.

Ўхшаш янгиликлар