iks
ads

O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro "Real" – "Yuventus" o'yinida stadiondan turib ekspertlik qiladi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 22:32
  • 561
  • 30

Kannavaro Italiya onlayn striming xizmati uchun "Santyago Bernabeu"dan turib jonli efirda ishtirok etadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bundan bir necha kun oldin Evropaga jo'nab ketgandi. U bugun Evropa Chempionlar Ligasi uchinchi turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "Yuventus" uchrashuvida Amazon Prime onlayn striming xizmatining italyancha versiyasi uchun stadiondan turib ekspertlik qiladi. Buni murabbiyning instagram sahifasida ko'rish mumkin. Bu amaliyot Evropada keng tarqalgan bo'lib, taniqli murabbiy yoki sobiq futbolchilar shu kabi striming yoki telekanal studiyasi mehmoni bo'lib, uchrashuvdan oldingi va keyingi fikrlarini bildirishadi. Malumot uchun, uchrashuv bugun 00:00 da start oladi.



Ўхшаш янгиликлар