iks
ads

Ali Ashur: "Andijon" bugun juda ko'p yugurdi, ular o'z muxlislari uchun jang qilishdi. Bazida bunday energiyaga qarshi kurashib bo'lmaydi"

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 22:08
  • 598
  • 30

OCHL 2 musobaqasida uchinchi turidan o'rin olgan "Andijon" – "Al Haldiya" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ali Ashur matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savoliga javob berdi.

"Ikkala jamoa bir ochkodan qo'lga kiritdi. Biz ikki ochko yo'qotdik ham deya olaman. Natija adolatli bo'ldi. Uchrashuvni ajoyib tarzda boshlagandik, o'yinni boshqardik. Bazida gol urish lozimligini unutib qo'ydik. Ko'p pas berish oqibatida bir necha bor to'p yo'qotdik. "Andijon" bu vaziyatlardan unumli foydalanib, qarshi hujumlarga qochdi. 23 raqamli o'yinchi [Doniyor Abdumannopov – tahr. Championat.asia] juda xavfli bo'ldi, bo'sh zonalarga yugura boshladi. Ikkinchi bo'limda yigitlar bilan gaplashdik va muammoni hal qildik. Bir necha o'zgarishlar amalga oshirdik, ammo gol ura olmadik. Yana ayta olamanki, natija adolatli bo'ldi", -deydi Ali Ashur.

– Jamoangiz uchrashuvning 30-daqiqasigacha tashabbusni qo'lga oldi. Undan keyin esa ustunlik boy berildi. Bu nima bilan bog'liq?

– Aytganimdek, o'yinchilarim gol urish kerakligini unutib qo'yishdi. Pas pas va yana pas, to'p nazorati 70% atrofida edi. Biroq, o'yinni yutish uchun gol urish kerak. Savolinga javob sifatida yarim himoyachilarimizning sust harakati va raqib muxlislarini sabab qilib ko'rsatgan bo'lardim. Ikkinchi bo'limda barchasini o'ngladik. 

– Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida raqib yaxshi o'rganilgani haqida gapirgandi. "Andijon" murabbiy kutgan o'yinni ko'rsata oldimi?

– O'yindan oldin raqibda juda yaxshi murabbiy va juda zo'r o'yinchilar borligini ham aytib o'tgandim. "Andijon" bugun juda ko'p yugurdi, ular o'z muxlislari uchun jang qilishdi. Bazida bunday energiyaga qarshi kurashib bo'lmaydi. 23 raqamli o'yinchi va jamoa sardori bugan o'ta yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Men xayratda qoldim. Biz shu holatda ham raqibni jazolashimiz mumkin edi, ammo buning iloji bo'lmadi. 

– 5 noyabr kuni ikki jamoa o'rtasida Bahraynda o'yin bor. Javob uchrashuvida qanday o'yin kutmoqdasiz?

 Bahraynda tamomila boshqacha o'yin bo'lishi aniq. Chunki biz o'z uyimizda o'ynaymiz. Hozirda esa birinchi navbatda "Al Ahli"ga (Qatar) qarshi o'yinga etiborimizni qaratamiz. 

 "Andijon" muxlislari va "Bobur Arena" sizga qanchalik yoqdi?

– Men muxlislarni juda yaxshi ko'raman. Bahraynda ham shunday muxlislarimiz bor. Stadion ajoyib, chim ham yaxshi. Faqatgina darvozabon hududida biroz kamchiliklar bor, ammo buni to'g'rilasa bo'ladi. Havo yaxshi edi, ovqatlar ham shirin. Shahar va mamlakat esa ajoyib. 


Ўхшаш янгиликлар