iks
ads

Husniddin Nishonov operaciya qilindi

  • Mr.NoBoDy 24.10.2025 17:08
  • 150
  • 30

Bu haqda O'zbekiston futzal federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Ayni kunlarda Qarshi shahrida mamlakat milliy chempionatining 4-tur bahslari qizg'in davom etmoqda. Futzal ishqibozlari esa O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda BMB o'yinchisi Husniddin Nishonov nega maydonda ko'rinmayotgani haqida so'rashmoqda.

Husniddin Nishonov bir hafta muqaddam poytaxtimizda jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi. Jizzaxdagi tur oldidan uning eski jarohati yana bezovta qila boshlagan edi. O'zbekiston futzal federaciyasi ko'magi hamda Tibbiyot departamenti tavsiyasiga binoan, Nishonov o'tgan mavsumda Belarusda olgan jarohati joyidan operaciya qilindi.

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi. 

Hozirda Husniddinning sog'lig'i yaxshi, kayfiyati ham yuqori. Mutaxassislar uning tiklanish jarayoniga taxminan bir yarim oy vaqt kerakligini aytishmoqda.

Shu bois Husniddin Nishonov terma jamoamizning VI Islom birdamlik o'yinlaridagi ishtirokida yordam bera olmaydi. Ammo Osiyo Kubogi-2026 final bosqichiga qadar u o'z sport formasini to'liq tiklab olishiga umid qilinmoqda", – deyiladi O'FF xabarida.

Ўхшаш янгиликлар