iks
ads

Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning holati haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 24.10.2025 17:24
  • 269
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 9-turidan o'rin olgan "Aston Villa" bilan uchrashuv oldidan himoyachi Abduqodir Husanov haqida to'xtaldi.

"U qaytishga yaqin, biroq hali to'liq tayyor emas. Unda tanasining xavfliroq qismida jarohat bor edi...", – dedi Gvardiola.

Husanov APLning 5-turi doirasidagi "Arsenal" – "Manchester Siti" (1:1) bahsida jarohat orttirib olgan va terma jamoaning oxirgi yig'inida qatnashmagan edi.  

Avvalroq "Manchester Siti" Abduqodir Husanov tufayli rejasini ortga surgani malum bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" APL 9-turida safarda "Aston Villa" bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 26 oktyabr kuni 19:00 da start oladi. 

Ўхшаш янгиликлар