iks
ads

Superliga. "Qo'qon-1912" 2-bo'limga qo'shilgan daqiqalarda urilgan gollar evaziga bir kishi kam "Navbahor"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 25.10.2025 21:08
  • 96
  • 30

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga. 26-tur

"Qo'qon-1912" – "Navbahor" 2:0

25.10.2025

Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adhamjon Rixsiboev

Zaxira hakami: Akmal Raximov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR hakami: Asker Najafaliev

AVAR hakami: Rishat Nugmanov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Gollar: 1:0 – 90+5, Andro Giorgadze, 2:0 – 90+10, Javohir Husanov (Iqbol Malikjonov)

"Qo'qon-1912": 13. Azizxon Isoqov, 19. Shahzod Akramov, 5. Jasurbek Yoqubov, 44. Andro Giorgadze, 4. Asliddin Toshtemirov (6. Alisher Salimov, 79), 23. Abror Karimov, 7. Shota Gavazava (20. Iqbol Malikjonov, 64), 22. Muhammadanas Hasanov (69. Egor Kondratyuk, 79), 10. Shohruh Gadoev (9. Javohir Husanov, 64), 78. Abdug'afur Haydarov, 17. Kleydi Daci (14. Jasur Xolto'raev, 21)

Zaxira: 1. Rustam Nortojiev, 18. Bahrom Abdurahimov, 30. Ibrohim Muxtorov, 21. Muhriddin Fazliddinov

"Navbahor": 16. Shukron Yo'ldoshev, 32. Muhammadbobur Mo'ydinov, 36. Gilerme Gedesh, 99. Igor Gabriel, 7. Azim Ahmedov, 17. Ruslan Jiyanov (11. Muhammadali G'iyosov, 59), 70. Abbos G'ulomov, 6. Sherzod G'ulomjonov (24. Doston Abdulxaev, 76), 8. Shohmalik Komilov (14. Jamshid Boltaboev, 76), 71. Navro'zbek Iminjonov (9. Zabihillo O'rinboev, 67), 22. Asadbek Jo'raboev (12. Saidazamat Mirsaidov, 67)

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 19. Mirzohid G'ofurov, 55. Komiljon Tojiddinov, 29. Pedro Augusto

Ogohlantirishlar: Shohmalik Komilov (7), Jasurbek Yoqubov (89)

Chetlatish: Azim Ahmedov (21)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+10. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Javohir Husanov hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi!

90+5. GOL! Andro Giorgadze mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi!

90+2. Mezbonlar hujumda raqib darvozaboniga fol ishlatdi.

90. Ikkinchi bo'limga 11 daqiqa qo'shildi.

89. Jasurbek Yoqubov O'rinboevga nisbatan qo'pol o'yin uchun ogohlantirildi.

87. Mezbonlar hujumi besamar yakunlandi.

81. Zarba! Mirsaidovning zarbasini Isoqov oyog'i bilan qaytardi.

79. "Qo'qon-1912"da ikki o'zgarish.

76. "Navbahor"da ikki o'zgarish.

74. Zarba! Chap qanotdan uzatilgan to'pga Haydarov to'xtatmasdan zarba yo'lladi, biroz noaniq.

67. "Navbahor"da ikki o'zgarish.

Ofsayd sababli gol bekor qilindi.

Gol VAR tomonidan tekshirilmoqda.

66. GOL! Xolto'raev jarimadan uzatilgan to'pni bosh bilan "Navbahor" darvozasiga joyladi!

64. "Qo'qon-1912"da ikki o'zgarish.

59. "Navbahor"da o'zgarish.

58. Zarba! Jarima uzatmasidan so'ng Giorgadzening bosh bilan yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.

57. Zarba! Akramovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

54. Zarba! Jiyanovning zarbasini Isoqov qaytardi.

50. Jiyanovning zarbasi noaniq.

49. Mezbonlarning chap qanotdan uzatmasini Yo'ldoshev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

47. Xavfli vaziyat! Hasanovning uzatmasini Haydarov bosh bilan darvozaga to'g'rilashga harakat qildi, biroz aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. Zarba! "Navbahor"ning burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi, Hasanov jamoasini muqarrar goldan qutqardi. 

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

42. Zarba! Xolto'raev birga-bir vaziyatda kuchsiz zarba yo'lladi, xavfli vaziyatni yo'qqa chiqardi. Yo'ldoshev to'pni egalladi.

41. Jiyanovga nisbatan fol ishlatildi.

40. Xolto'raev ofsaydda qoldi.

37. Ikki jamoa futbolchilari to'p uchun kurashda to'qnashib ketdi.

36. Jiyanovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

33. Zarba! Mehmonlar tomonidan tepilgan to'pni Isoqov egalladi.

30. Akramovga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi.

24. Jarima zarbasidan so'ng Xolto'raevda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, u to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi.

21. Azim Ahmedov so'nggi umid folini qo'llab, hozirgina maydonga tushgan Jasur Xolto'raevni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani uchun maydondan chetlatildi.

21. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Daci o'rniga Xolto'raev. 

20. Zarba! Hasanovning o'ng qanotdan uzatmasini Gadoev raqib darvozasiga to'g'rilashga harakat qildi, biroz aniqlik etishmadi.

15. "Navbahor" o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi besamar yakunlandi. 

11. Markazda G'ulomjonov Gadoevni yiqitdi.

7. Maydon markazida Akramovga nisbatan qo'pollik uchun Komilov ogohlantirildi.

5. Zarba! Yoqubovning zarbasi yo'nalishini o'zgartirgani bois Yo'ldoshevga ancha qiyinchilik tug'dirdi, to'p darvozadan o'rin olishiga bir bahya qoldi.

1. Ilk hujum mezbonlar zarbasi bilan tugadi. Yo'ldoshev to'pni egalladi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Qo'qon-1912" ko'k, "Navbahor" oq rangli libosda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар