
"Real"ning hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem transfer qiymati 180 million evroga baholanib, birinchi o'rinda qolmoqda. "Barselona"dan Pedri va "Bavariya"dan Jamol Musiala ikkinchi o'rinni egallab turibdi, ularning har ikkalasi ham 140 million evroga baholangan. "Liverpul" futbolchisi Florian Virc esa qiymati 10 million evroga arzonlab (130 million evro), kuchli uchlikdan tushib qoldi.
Dunyoning eng qimmat 10 yarim himoyachisi qatoriga "Chelsi"ning 2 nafar vakili, shuningdek, "Bavariya", "Real", PSJ va "Arsenal"dan 1 nafar futbolchi kirdi.
