
2023 yilda "Barselona" klubi va uning rahbariyati Ispaniya Futbol federaciyasi (RFEF) huzurida faoliyat yuritgan hakamlar texnik qo'mitasi (CTA)ning sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pul to'lagani uchun pora olishda ayblangan edi. Sud 2001 yildan 2018 yilgacha Negreyraga "Barselona" tomonidan to'langan bir necha million evroni jinoyat deb topgan. Yaqinda ish bo'yicha ayrim figurantlar — Negreyraning o'g'li Xaver Enrikes, shuningdek klubning sobiq prezidentlari Sandro Rosel va Jozep Bartomeu sudda ko'rsatma berdi.
Barselona birinchi instanciya sudi "blaugrana"dan Negreyra bilan tuzilgan shartnomalarning original nusxalarini, shuningdek, deyarli yigirma yil davomida unga to'langan hisob-fakturalarni tasdiqlovchi barcha hujjatlarni taqdim etishni talab qildi.
Hozircha "Barselona" va Negreyra o'rtasidagi shartnomalarga oid hech qanday hujjatlar topilmagan. El Mundo nashrining yozishicha, klub arxivida bu hujjatlar mavjud emas. Shuningdek, Negreyra bergan og'zaki maslahatlarni tasdiqlovchi yozuvlar ham topilmagan.
Sud "Barselona" vakilidan ko'rsatma berishini talab qildi. 25 noyabr kuni sudda guvoh sifatida joriy prezident Joan Laporta, shuningdek klubning sobiq murabbiylari Luis Enrike va Ernesto Valverde ishtirok etadi.