
Yakshanba kuni "Real" La Liganing 10-turida "Barselona"ni o'z maydonida 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Vinisius 72-daqiqa o'yinda Rodrigo bilan almashtirildi. Vinger bu qarordan norozi bo'lib, maydonni tark etdi va Xabi Alonsoga qo'l bermadi. Keyinroq darvozabonlar murabbiyi Luis Lopis bilan suhbatdan so'ng u zaxira o'rindig'iga qaytdi. Maydonni tark etayotganda braziliyalik qo'pol so'zlar bilan "Men jamoadan ketaman, menga ketganim yaxshi" deb takrorlagan.
Marca nashrining xabar berishicha, "Real" Vinisiusni bu harakati uchun jarimaga tortmaydi va boshqa tarzda ham jazolamaydi. Klub rahbariyati bu holatni Alonso va Vinisius o'rtasidagi shaxsiy masala deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, klubda vaziyat hal etilgan deb hisoblanmoqda, chunki o'yindan so'ng murabbiy va futbolchi, jamoaning qolgan azolari bilan birgalikda qo'l siqishib, g'alabani birga nishonlashgan.
Shu bilan birga, ayrim manbalarga ko'ra, "Real"da Vinisiusning almashinuvga reakciyasidan norozilik bor va u Alonso qarorini hurmat qilishi kerakligi takidlanmoqda. Klub rahbariyati bu holat yana takrorlanishini xohlamaydi.