iks
ads

Messi va Ronaldu yana dunyoning eng yaxshilari safida

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 22:00
  • 137
  • 30

FIFPRO talqini bo‘yicha yilning ramziy jamoasiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan professional futbolchilar ovoz berish orqali xalqaro professional futbolchilar assosiasiyasi — FIFPROning ramziy jamoasi uchun o‘z tanlovlarini amalga oshirmoqda.

Nomzodlar orasida futbol tarixining ikki afsonasi — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham bor. Shuningdek, ro‘yxatdan Usmon Dembele va Vitinya (har ikkisi ham PSJ), shuningdek, «Barselona» vunderkindi Lamin Yamal ham joy olgan.

Ovoz berish natijalari 3 noyabr kuni e’lon qilinadi. Qiziq jihati shundaki, barcha tanlovlar faqat amaldagi professional futbolchilar ovozlariga asoslanadi.

Ўхшаш янгиликлар