iks
ads

Ronaldu: “Hali ham jamoamga foyda keltiryapman. Nega to‘xtashim kerak?”

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 21:11
  • 528
  • 30

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 6-turidan o‘rin olgan “Al-Hazm”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zining professional faoliyatidagi 950-goliga mualliflik qildi.

Mazkur natijadan so‘ng portugaliyalik futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Odamlar, ayniqsa oilam, menga tez-tez shunday deyishadi: ‘Etar endi, to‘xtasang ham bo‘ladi. Sen allaqachon hammasiga erishding. Nega mingta gol urmoqchisan?’

Lekin men bunday o‘ylamayman. Hali ham yaxshi o‘yin ko‘rsatayapman, klubimga va terma jamoamga foyda keltiryapman. Nega shu ruhda davom etmasligim kerak?

Qancha vaqt futbol o‘ynashimni bilmayman, ammo qolgan yillarni zavq bilan o‘tkazmoqchiman”, dedi Ronaldu Canal 11 telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” hamda “Yuventus” klublari sharafini himoya qilgan. Hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p tepmoqda. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Ikki karra Millatlar Ligasi hamda 2016-yilgi Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Hujumchi joriy mavsum “An-Nasr” safida 8 ta uchrashuvda maydinga tushib, 7 ta gol hamda 2 golli uzatma muallifiga aylangan.

Ўхшаш янгиликлар