iks
ads

"Real"dagilar Lunin nega maydondan chetlatilganini tushunishmayapti

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 21:48
  • 157
  • 30

"Real" "El Klassiko"da Andrey Luniniga berilgan qizil kartochkaga qarshi shikoyat berishga qaror qildi.

"Real" La Liganing 10-turida "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shilgan 10-daqiqada "Barsa" yarimhimoyachisi Pedri orqadan jarima bilan Orelen Tchuameniga qarshi o'ynagani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi. Uning maydondan chetlatilishi ortidan zaxira o'rindiqlari yonida tortishuv boshlandi.

Hakam Sesar Soto Gradoning o'yindan keyingi hisobotida qayd etilishicha, "Qirollik klubi"ning zaxira darvozaboni Lunin mazkur mojarodan keyin "raqib zaxira o'rindig'i tomonga agressiv tarzda yaqinlashgani" uchun qizil kartochkaga munosi ko'rilgan.

The Athletic nashri yozishicha, "Real" darvozaboni Vinisius Juniorni raqib futbolchilari hujumlaridan himoya qilayotgan chog'da qizil kartochka olgan. Undan oldin ukrainalik darvozabon o'rnini tark etganidan norozi bo'lgan braziliyalikni tinchlantirishga uringan.

Madrid klubidagi anonim manbalarning aytishicha, ular Lunining nega maydondan chetlatilganini tushunishmayapti va klub apellyaciya beradi. Janjal paytida hozir bo'lganlardan biri shunday degan: "Barselona"ning butun zaxira o'rindig'i Vini tomon yuzlandi, Lunin esa uni himoya qilish uchun uning oldiga o'tdi".

Ўхшаш янгиликлар