iks
ads

Akmal Shorahmedov: "Bizda rotaciya qiyin bo'lyapti. "Andijon"da 10-12 nafar kuchli futbolchi bor"

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 22:08
  • 73
  • 30

"Surxon" - "Andijon" o'rtasidagi Superliganing 26-tur uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Maksim Shackix o'rniga uning yordamchisi Akmal Shorahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Akmal Shorahmedov: "O'yinni yomon boshlamadik. Uchrashuvlar ko'pligi sabab bizga qiyin bo'lyapti, chunki bitta tarkib bilan o'ynayapmiz. Bugun ikki futbolchiga dam berib, rotaciya qilishga urindik.

Birinchi o'tkazilgan goldan so'ng jamoa o'ziga kela olmadi, ketma-ket shedevr gollar kirib ketdi. Futbolchi sifatida yaxshi bilaman, Chempionlar ligasidan so'ng milliy chempionat bahsida o'ynaydigan futbolchi o'ziga judayam ishonib yuboradi. Bunaqasi bo'lib turadi. Har bir o'yinda maydonga chiqib, kuchli jamoa ekanligimizni isbotlashimiz zarur. 0:1 ham, 0:4 ham mag'lubiyat, bundan katta tragediya yasash kerak emas. Aksincha, bunday mag'lubiyatlar jamoni birlashtiradi".

- "Andijon" xalqaro maydonda ham o'ynayapti. Bu mavsum jamoaga nima etishmayapti?

- Rotaciya qiyin bo'lyapti. Bizda 10-12 nafar kuchli futbolchilar bor, qolganlar yoshlar. Chempionlar ligasi uchun futbolchi olishga urindik, ammo ular ham jarohat olib qolishdi. Hozir bitta tarkib bilan o'ynashga majburmiz. Qachondir shunday holat bo'lishi kerak edi, mana "Surxon" bilan bahsda yirik mag'lubiyat qayd etildi.

- Tokotaev Markaziy Osiyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Bugun u 4ta gol o'tkazib yubordi, Erjan formada emasmi?

- Mag'lubiyat bu butun jamoaniki. Biz futbol doirasida xatolarni ko'rib chiqamiz. U aybdor, bu aybdor deyishdan foyda yo'q. Rotaciya uchun bizga futbolchilar etishmayapti.

Ўхшаш янгиликлар