
Championat.com nashrining xabar berishicha, hozirgi zamon futbolining eng tezkor futbolchilari reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onasini madridlik Kilian Mbappe egalladi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tarixdagi eng tez futbolchi ham aynan Fransiya terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi. 2019 yilda u «Pari Sen-Jermen» safida «Monako»ga qarshi uchrashuvda soatiga 38 km tezlikka chiqqan — bu ko‘rsatkich Useyn Boltning 100 metrlik jahon rekordi vaqtidagi o‘rtacha tezligidan ham yuqori.
Hozirgi paytdagi eng tez futbolchilar ro‘yxati quyidagicha:
1. Mikki van de Ven («Tottenxem») — 37,38 km/soat
2. Kayl Uoker («Bernli») — 37,31 km/soat
3. Jan-Matteo Baoyya («Ayntraxt Frankfurt») — 37,16 km/soat
4. Alfonso Devis («Bavariya») — 37,10 km/soat
5. Chidozi Ogbene («Sheffild Yunayted») — 36,93 km/soat
6. Entoni Elanga («Nyukasl Yunayted») — 36,91 km/soat
7. Pedru Netu («Chelsi») — 36,86 km/soat
8. Lua Openda («Yuventus») — 36,86 km/soat.