
Fevzi Davletov: "Ketma-ket 3 ta mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarning ruhiyatini o'nglash asosiy masala edi. Yigitlar uddalashdi. Birinchi bo'limda juda yaxshi harakat qildik. O'yinni soddalashtirib, to'pni raqibga topshirdik va pressing orqali o'ynashga urindik. "Andijon"ning avvalgi bahslardagi muammolarini o'rganib chiqdik. Bu seriya qachondir tugashi kerak edi. Yigitlar barchasini to'g'ri bajarishdi".
- "Andijon" Chempionlar ligasining 3 ta o'yinida 3 ta durang o'ynadi. Ularning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Imkoniyat har doim bo'ladi. Uchta o'yin durang. "Andijon" gol urishda muammolarga duch kelyapti. Hali imkoniyat bor, kurashish kerak.
- Jamoa yoshlari haqida qanday fikrdasiz?
- Yoshlarni maydonga tushirish uchun hisob yaxshi edi, buning ustiga raqib qizil kartochka oldi. Yoshlar mavsumoldi bahslarida kuchli jamoalarga qarshi o'ynashgan, qachondir ularni maydonga tushirish kerak-ku. To'rtinchi goldan so'ng futbol o'ynashdan to'xtab qoldik, shu narsa biroz yoqmadi. O'sha tempda davom etish kerak edi. Yigitlarda potencial bor, asosiysi ishlashdan to'xtamaslik lozim.