iks
ads

Vinisius Alonsoning "ishi"dan so'ng "Real"ni tark etmoqchi

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 23:32
  • 118
  • 30

Vinisius "Real"ni tark etish imkonini ko'rib chiqmoqda.

Yakshanba kuni "Real" La Liganing 10-turida o'z maydonida "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Vinisius 72-daqiqada almashtirildi. Braziliyalik bu qarordan norozi bo'lib, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga qo'l bermasdan, to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi, keyinchalik esa zaxira o'rindig'iga qaytib keldi. Almashtirilayotganda vinger g'azab bilan: "Men jamoadan ketaman, ketganim maqul", — degan so'zlarni takrorlagan.

As nashri malumoticha, Vinisius o'zining jamoadagi mavqei etarlicha qadrlanmayapti deb hisoblaydi va "Real"ni tark etish haqida jiddiy o'ylayapti. Uning fikricha, Alonso unga nisbatan iliq munosabatda emas.

Shuningdek, u joriy mavsumda tez-tez almashtirilayotganidan yoki o'yinni asosiy tarkibda boshlamayotganidan norozi. Endi futbolchi, agar Alonso kelasi yozgacha bosh murabbiy bo'lib qolsa va uni Kilian Mbappeni qo'llaganidek to'liq qo'llab-quvvatlamasa, jamoani tark etish ehtimolini istisno qilmayapti. Vinisius "Real"ni tark etmoqchi emas, lekin hozirgi vaziyatga chiday olmayapti.

Malum qilinishicha, "Real" klubi Alonsoning barcha qarorlarini, jumladan kechagi almashtirishni ham qo'llab-quvvatlayapti.

Ўхшаш янгиликлар