iks
ads

Son Xyon Mining goli 2025 yilda MLSda eng yaxshi deb topildi (video)

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 23:44
  • 62
  • 30

MLS rasmiy saytida 2025 yilning eng yaxshi goli muallifi nomi e’lon qilindi.

Mukofotni "Los-Anjeles" futbolchisi Son Xyon Min qo‘lga kiritdi. Uning chempionatning 29-turidan o‘rin olgan "Dallas"ga qarshi o‘yindagi ajoyib jarima zarbasi ovoz berish jarayonida Lionel Messining golidan o‘tib ketdi. Bu koreyalikning Amerika klubidagi debyut goli edi.

Eslatib o‘tamiz, Son "Los-Anjeles" safiga 2025 yilning avgust oyi boshida "Tottenxem"dan 22 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Son "Los-Anjeles" safida MLSda 10 ta o‘yinda 9 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар