iks
ads

Franciya terma jamoasi JCH saralash uchrashuvlari uchun qaydnomasini elon qildi

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 19:48
  • 42
  • 30

Franciya terma jamoasining noyabr oyida bo'lib o'tadigan o'yinlari uchun tarkibi malum bo'ldi.

Franciyaliklar 13 noyabr kuni JCH-2026 saralash o'yinida o'z uyida Ukraina bilan o'ynaydi, 16 noyabr kuni esa safarda Ozarbayjon bilan to'qnash keladi.

Darvozabonlar: Lyuka Shevale («PSJ»), Mayk Menyan («Milan»), Bris Samba («Renn»).

Himoyachilar: Luka Din («Aston Villa»), Malo Gyusto («Chelsi»), Lukas Ernandes («PSJ»), Teo Ernandes («Al Hilol»), Ibraima Konate («Liverpul»), Jyul Kunde («Barselona»), Uilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»).

Yarim himoyachilar: Manu Kone («Roma»), N'Golo Kante («Al Ittihod»), Eduardu Kamavinga («Real»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»).

Hujumchilar: Magnes Akliush («Monako»), Bredli Barkola («PSJ»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Yugo Ekitike («Liverpul»), Randal Kolo-Muani («Tottenxem»), Jan-Filipp Mateta («Kristal Pelas»), Kilian Mbappe («Real»), Maykl Olise («Bavariya»), Kristofer Nkunku («Milan»).

Ўхшаш янгиликлар