iks
ads

Superliga. "Buxoro" – "Neftchi" 1:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 19:56
  • 86
  • 30

Superliga 28-turidan o'rin olgan bahs davom etmoqda.

Superliga

28-tur

"Buxoro" – "Neftchi" 1:1 (LIVE)

Buxoro. "Buxoro" futbol akademiyasi. 18:00

Gol: Dominik Begich (Yosim Tomashevich) 82' – Vladimir Yovovich 51'

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev

Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 6.Ravshan Xayrullaev (8.Anvarjon Jo'raev, 81), 10.Azizbek Amonov, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev (9.Amirbek Saidov, 66), 33.Yosip Tomashevich, 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov (19.Bilol Tupliev, 46).

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Javohir O'tamurodov, 11.Ibrohim No'monov, 14.Alisher Xayrullaev, 92.Nikita Karpenko, 95.Nodir Ahmadjonov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich (11.Quvondiq Ro'ziev, 77), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (70.Silvanus Nimeli, 86), 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 15.Shahzod Nematjonov, 22.Alisher Odilov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 33.Shohruh Yoqubjonov, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Ogohlantirishlar: Zoran Marushich (31), Yosim Tomashevich (50).

Chetlatish: Ikrom Aliboev (58).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Saidov to'p uchun astoydil kurash olib borib, G'ofurovga nisbatan qoidani buzdi. 

86. "Neftchi"da o'zgarish: Marushich o'rniga Nimeli tushirildi. 

82. GOL! Tomashevichning uzun pasidan so'ng Begich to'pni to'xtatmasdan chap oyoqdagi zarbasi orqali darvozaga joylab qo'ydi — 1:1!

81. "Buxoro"da almashtirish: Xayrullaev o'rniga Jo'raev tushdi. 

77. "Neftchi"da o'zgarish: Yovovich o'rniga Ro'ziev bahsni davom ettiradi. 

73. Zarbaaa! Iskanderovning qulay nuqtadan bergan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

71. Jokichdan yaxshi uzatma, ammo to'pni raqib egallab oldi, shundan so'ng Marushich to'pni qaytarib olishga erishdi.  

69. Farruh Sayfiev raqibdan kimgadir sariq kartochka ko'rsatishni so'radi, hakam uni tinchlantirdi.

66. "Buxoro"da almashtirish: Yo'ldoshev o'rniga Saidov tushirildi. 

63. Yo'ldoshev nima qilib bo'lsa ham qanotda Iskanderovni to'xtatib qoldi, jarima. 

58. Maydonda to'polon boshlanib ketdi. Dastlab Yovovich va Kolakovich tortishib ketdi, so'ng Aliboev Amonovni yiqitdi. "Neftchi" yarim himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatildi.

53. VAR golni o'rganib chiqdi va uni inobatga oldi. 

51. GOL! Yovovichning zarbasidan keyin to'p Ikichga tegib biroz yo'nalishini o'zgartirdi va darvozadan joy oldi — 0:1! 

50. Tomashevich qo'pollik evaziga Yovovichni to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Buxoro"da o'zgarish: Jo'rabekov o'rniga Tupliev tushdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi — 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

40. Zarbaaa! Ismoilov Ikichni chiroyli usulda ortda qoldirib, o'ng qanotdan ichkariga yorib kirdi va zarba berdi, Boymurodovdan seyv!  

35. Ismoilovning uzun pasidan so'ng to'p buxorolik himoyachilarga etib keldi va ular to'pni darvozabon Boymurodovga topshirishdi.  

31. Yana Chiryak yiqitildi, bu safar Marushich aybdor va unga sariq kartochka berildi. 

30. Ismoilov hujumda to'pni to'xtataman deya Chiryakka nisbatan qoidani buzdi. 

26. Zarbaa! Aliboevning chamasi 15 metrdan yo'llagan aylanma zarbasiga sal aniqlik etishmadi.

26. Ismoilov - Iskanderov - Marushich kombinaciyasi hujumchining o'xshamagan pasi orqali yakun topdi, narigi qanotda Yovovich bir o'zi ochilib borayotgandi.  

22. Uuux! Jo'rabekovning zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali Begichga etib keldi, uning zarbasi ustunga tegib qaytdi, biroq shu vaqtda ofsayd borligi elon qilindi. 

20. Ciger ehtiyotsizlik oqibatida Begichni yiqitdi, jarima zarbasi. 

19. Bu gal Ciger maydon markaziga yaqin hududda Amonov bilan to'qnashib ketdi, hakam davom etayotgan o'yinni biroz to'xtatib turdi. 

17. Po'latov qanotda Sayfiev bilan to'qnashdi va shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi. 

13. Uuux! Jo'rabekovning qulay pasidan so'ng Amonov qulay nuqtadan erlatib zarba yo'lladi, noaniq. 

11. Tajribali Yovovich hujum vaqtida Tomashevichni turtib yiqitdi. 

8. Iskanderovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini buxorolik himoyachilar uzoqlashtirishdi. 

6. Yo'ldoshev qanotdan to'pni ichkariga oshirish istagida edi, ammo to'pni Ismoilovga oldirib qo'ydi. 

2. Zarbaa! "Buxoro" uchrashuvni ancha faol boshladi. Hozirgi vaziyatda Po'latov olisdan darvozani poylashga urindi, noaniq. 

1. Bahs boshlandi! 

- Uchrashuv 18:00 da start oladi. 

Ўхшаш янгиликлар