iks
ads

Superliga. OKMK – "Navbahor" 3:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 19:48
  • 182
  • 30

Superliga 28-turidan joy olgan uchrashuv tarkiblari malum bo'lib ulgurdi.

Superliga

28-tur

OKMK – "Navbahor" 3:1 LIVE

Gol: Ali Abdurahmonov (Xurshid G'iyosov) 27, Ruben Sanches (Arixiro Sentoku) 28, Nodir Abdurazzoqov (Xurshid G'iyosov) 39,  - Zabihillo O'rinboev 81

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 18:00

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Amir Galeev

Zaxira hakami: Zufar Ergashev

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Kristina Sereda

Komissar: Bekzod Aripov

OKMK: 88.Hamidullo Abdunabiev, 5.Giorgi Papava, 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 27.Ali Abdurahmonov (8.Aziz Xolmurodov,78), 28.Arixiro Sentoku (30.Abror Sarimsoqov, 78), 77.Nodir Abdurazzoqov (99.Asad Sobirjonov, 78)

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov, 6.Avazbek O'lmasaliev,  13.Eldor Begimov, 16.Naoki Senaga, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 

"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 7.Azim Ahmedov, 8.Shohmalik Komilov (55.Komil Tojiddinov,61) 11.Muhammadali G'iyosov, 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslan Jiyanov, 19.Mirzohid G'ofurov, 29.Pedro Augusto (9.Zabihillo O'rinboev, 61), 36.Gilerme Gedesh (24.Doston Abdulhaev,46), 70.Abbos G'ulomov, 99.Igor Gabriel ( 32.Muhammadbobur Mo'ydinov,61)

Zaxira: 41.Ozodbek Marufov, 5.Maykon, 6.Sherzod G'ulomjonov, 22.Asadbek Jo'raboev,  50.Muhammadali Rakibov, 

Ogohlantirish: Muhammadali G'iyosov ("Navbahor") 6, Oybek Rustamov (OKMK) 45+2, Zabihillo O'rinboev ("Navbahor") 85

YANGILASH


85. OGOHLANTIRISH. Zabihillo O'rinboev, 81

81. GOL. "Navbahor" uchrashuvda hisobni qisqartirdi. Tojiddinov - Mo'ydinov -  O'rinboev kombinaciyasi gol bilan tugadi, 3:1. Zabihillo O'rinboev jarima maydonchachi ichida OKMK darvozasi to'rini aniq nishonga oldi.

78. O'ZGARISH. OKMK,  Ali Abdurahmonov o'rniga Aziz Xolmurodov, Nodir Abdurazzoqov o'rniga Asadbek Sobirjonov, Arixiro Sentoku o'rniga Abror Sarimsoqov tushdi.

65. Ikkinchi bo'limda ikki jamoa ham hisobdan kelib chiqib o'ynamoqda.

61. O'ZGARISH. "Navbahor", Pedro o'rniga Zabihillo O'rinboev, Shohmalik Komilov o'rniga Komiljon Tojiddinov, Igor Gabriel o'rniga Muhammadbobur Mo'ydinov tushdi.

59. OKMKdan keskin  hujum. To'xtaxo'jaevning boshi bilan yo'llagan zarbasini "lochinlar" kiperi qaytardi.

49. Jiyanovning zarbasini Abdunabiev ushlab oldi.

46. O'ZGARISH. "Navbahor", Gilerme Gedesh o'rniga Doston Abdulxaev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45+2. OGOHLANTIRISH. OKMK yarim himoyachisi Oybek Rustamovga sariq kartochka ko'rsatildi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. "Navbahor"da golli vaziyat yuzaga keldi. Pedroning zarbasini Hamidullo Abdunabiev qiyinchilik bilan qaytardi.

39. GOL. Olmaliqda tabloda 3:0 hisobi aks etmoqda faqat birinchi bo'lim  uchun. Abdurahmonov to'p uchun kurashda g'olib chiqib G'iyosovga uzatdi, u esa Nodir Abdurazzoqovni to'p bilan taminladi. Abdurazzoqov jamoasining uchinchi golni urdi.

31. Teydining zarbasi noaniq ketdi.

28. GOL. OKMK ketma-ket ikkinchi golni raqibi darvozasiga joyladi, bu safar Arixiro Sentoku faollik ko'rsatdi, Ruben Sanches yakuniy nuqtani qo'ydi, 2:0

27. GOL. Xurshid G'iyosov epchillik bilan raqib himoyachilarini ortda qoldirib to'pni jamoadoshi Ali Abdurahmonovga uzatdi. U esa imkoniyatdan foydalandi.

18. "Navbahor" OKMK darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratdi. G'iyosov bugun faol o'ynamoqda.

11. Muhammadali G'iyosovning zarbasini OKMK posboni qaytardi.

10. OKMK futbolchisi Saidafzalxon Ahrorov zarba yo'lladi. Noaniq.

8. Shohmalik Komilov olis masofadan omadini sinab ko'rdi.

6. OGOHLANTIRISH. Muhammadali G'iyosov, "Navbahor"

5. Xurshid G'iyosovning zarbasi yo'liga namanganlik himoyachilar g'ov bo'ldi.

- O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv 18:00da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар