
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yinga keladigan bo'lsak, "Bunyodkor" bilan bahsdagi xatolarni bugun yana takrorladik. Futbolchilarimiz o'z poziciyasida noto'g'ri joylashuvi orqali darvozamizga gollar olib keldik. Qandaydir bir daqiqa ichida ikki bor to'p o'tkazib yuborganimiz ham yomon tasir qildi. Shunga qaramay, vaziyatlar yaratishga harakat qildik, faqat oxirgi nuqtani qo'yadigan futbolchi topilmadi. Muhammadali G'iyosov, Pedro kabi futbolchilarimizda imkoniyat bo'ldi. Futbolda shunaqa ko'p gol urgan jamoa yutib ketadi.
- Jamoadagi ichki muhit qanday? Bu savolni berayotganimiz boisi bugun maydonda futbolchilar bir-biri bilan tortishib yurdi.
- Aynan qaysi vazyatda?
- Masalan, Azim Ahmedov, Pedro kabi o'yinchilar bilan sodir bo'ldi.
- Azim Ahmedov jamoamiz etakchisi va o'zini shunday tutishi mumkin. U jamoa sardori bo'lgani uchun futbolchilarga etiroz bildira oladi. To'g'ri, Pedro bilan Jiyanov o'rtasida biroz tortishuv yuazaga kelgan bo'lishi mumkin, lekin bu ham o'yindagi holat. Jamoamizning ichki muhiti yaxshi.

- Qisqa vaqtda ikkita gol o'tkazib yuborilgani jamoa kayfiyatiga qanchalik tasir qildi?
- Shuni o'zim ham tushunmayapman. "Nasaf" bilan o'yin va bugungi o'yinimizni oladigan bo'lsak, umuman boshqa-boshqa holatni ko'rasiz. "Nasaf"ga qarshi bahsda ishtiyoq va kuch yuqori edi, lekin bugun boshqa jamoaga aylanib qoldik. Harakat qildik, ammo bu etarli bo'lmadi.