iks
ads

Mirjalol Qosimov: "Hozir maydonga chiqib undoq qilaman-bundoq qilaman degan bilan ish bitmaydi"

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 21:56
  • 305
  • 30

Superliga 28-turidan o'rin olgan OKMK - "Navbahor" (3:1) uchrashuvidan so'ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Yana ikki xil bo'lim ko'rdik. Birinchi taymni yaxshi o'tkazdik, vaziyatlar yaratdik, gollar urdik. Ikkinchi taymni ham yaxshi boshladik. "Navbahor" darvozaboni bir nechta goldan qutqarib qoldi. Keyin esa nima uchundir o'yinni tashlab yubordik. Ikkinchi taym yarmidan keyin yaxshi harakat qila olmadik. Gol ham o'tkazib yubordik. Agar raqib ikkinchi to'pni kiritganida o'yin tizgini umuman o'zgarib ketishi mumkin edi. O'zbek bo'lganimiz uchun ham shu narsani yo'q qilib bo'lmayapti. 

Juda erta xotirjamlikka berilib qolyapmiz. Vaholanki, shogirdlarimga ishonaman, biz oxirigacha o'yin ko'rsata olamiz. G'uzorda "Sho'rtan" bilan ham shunday bo'lgandi. U erda ham xotirjamlikka berilib, buning oqibatida xato qilib yutqazib qo'ygandik. Futbol esa xatolarni kechirmaydi. Doim oxirigacha hushyor turish kerak. Endi qisqa tatilga chiqamiz, FIFA kunlari boshlanadi. So'ngra yana yig'ilib mashg'ulotlarni davom ettiramiz.

- Umumiy mavsumni oladigan bo'lsak, OKMK chempionatni juda yaxshi boshladi, bir nechta kambeklar guvohi bo'ldik, jamoa tunir jadvalida peshqadamga ham aylandi. Lekin shundan so'ng ikkinchi davraga kelib pastga sho'ng'ish kuzatila boshlandi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Hammasi "Sho'rtan" bilan o'yindan keyin boshlandi. Uchrashuv qoldirildi, keyin boshqa payt o'tkazildi, 0:0 o'ynadik va hammasi shu bilan boshlandi. Futbolda taltayish kerak emas, doim erda yurish kerak. Ko'pincha turnir jadvaliga qarab hozir bemalol yutamiz deb o'ylaymiz, lekin bunday emas. Har bir raqibni hurmat qilish shart. Qaysi yutuq osonlikcha qo'lga kiritiladi, hech biri.

Shuning uchun imkoniim bo'lganida futbolchilar miyasiga kirib nima xayolda ekanliklarini bilgan bo'lardim deb bekor gapirmadim. Bizga barqarorlik etishmadi. O'yin paytida o'zingni o'zgartirishing qiyin, bunga o'yindan oldin ruhan tayyorlanish kerak. Hozir maydonga chiqib undoq qilaman-bundoq qilaman degan bilan ish bitmaydi. Raqib ahmoq emas, ular ham qarab turmaydi. Jadvaldagi yuqori jamoalar bilan yaxshi o'ynadik, biroq o'zimizdan pastdagilar bilan o'ynay olmadik.

- Kelasi yil jamoa tarkibi ancha yosharar ekan degan gaplar quloqqa chalindi.

- Futbolda hamma narsa tabiiy bo'lishi kerak. Mish-mishlar esa doim bo'lgan, hech qachon to'xtamaydi. Biz har doim sabrli, harakatchan yoshlarga imkon beramiz. Pomidorning ham suniysi mazasi boshqacha bo'ladi, tabiiysi esa umuman boshqa tam beradi. Narxiyam boshqacha bo'ladi. Men buni misol tariqasida aytdim.

Yoshlar ham tabiiy katta bo'lishi kerak. Ular ham kimdandir o'rnak olib ulg'ayishi lozim. Lekin hammasi tabiiy yo'l bilan amalga oshishi kerak. Birdaniga yoshartirish yaxshi oqibatga olib kelmasligi mumkin. 

Bir gal aytgandim: jurnalistlarning ham aybi bor deb. Chunki bizning OAVda ko'tar-ko'tar nihoyatda chegarasiz. Sal yaxshi o'ynab qolsa darrov yuqoriga ko'taramiz, yulduz yasab qo'yamiz. Bitta o'yinda zo'r o'ynab, keyin o'nta o'yin o'tirsa buning kimga keragi bor? Shuning uchun ham hammasi tabiiy bo'lishi kerak. Bu albatta, mening shaxsiy fikrim. Agar rahbariyat faqat 17 yoshlilar o'ynasin, Superligada yursanglar bo'ldi desa, unda boshqacha ish tutamiz.

Ўхшаш янгиликлар