
"Hech qachon afsuslanish tuyg'usini his qilmaganman. Ha, bazida yomon mavsumlar ham bo'lib turadi, lekin bu top-klub.
Kelgunimcha ham klubning loyihasini bilganman. Albatta, birinchi mavsumdayoq 15-o'rinda tugatishimizni kutmaganmiz. Bunday narsalarni oldindan kutib ham bo'lmaydi.
Klub direktori, murabbiylar, hamma bir-birini oldinga undamoqda. Biz ham klubga ishonamiz. Har kuni boshni tik ko'targan holda mehnat qilish kerak.
Men bilan faqatgina "Real" yoki "Manchester Yunayted" emas, boshqa klublar ham qiziqish bildirgandi. Men "Manchester Yunayted"ni tanladim va bundan mamnunman", - dedi Yoro.