
Angola va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Bellashuv mehmonlar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.
43-daqiqada hujumchi Lautaro Martines 38 yoshli Lionel Messining uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 82-daqiqada esa bu safar Messi gol urdi, Lautaro esa assistentiga aylandi.
Argentina termasining sardori so‘nggi sakkizta uchrashuvda — «Inter Mayami» va terma jamoa safida — jami 20ta samarali harakat (gol+pas) qayd etdi.
Bundan avval Lionel Skaloni shogirdlari 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan edi. 18 turdan keyin ular 38 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egalladilar.
O‘rtoqlik uchrashuvi
14 noyabr 2025 yil, juma.
Angola — Argentina — 0:2
Gollar: 0:1 — Martines (Messi), 43', 0:2 — Messi (Martines), 82'