iks
ads

Muhammadali Musaxonov: "Italiya bilan uchrashuvda bor kuchimiz bilan harakat qilib, davlatimiz bayrog'ini yuqoriga ko'taramiz"

  • Mr.NoBoDy 17.11.2025 19:56
  • 318
  • 30

O'zbekiston U-17 terma jamoasi himoyachisi Muhammadali Musaxonov Italiya bilan bahs oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- U-17 JCHdagi 4 ta o'yin haqida aytib o'tsangiz. Sizga himoyachi sifatida qaysi bahs qiyinroq o'tdi?

- Irlandiya bilan o'yinni eng qiynalgan o'yinimiz edi deya olaman. Kuchli raqib ekan. Xudo xohlasa, Italiya bilan uchrashuvda bor kuchimiz bilan harakat qilib, davlatimiz bayrog'ini yuqoriga ko'taramiz va muxlislarimizni xursand qilamiz.

- Italiya qanchalik o'rganib chiqildi?

- Italiya bilan bahsga tayyorgarlik qizg'in pallaga kirdi. Italiyaliklar haqida etarlicha malumotga ega bo'ldik. Xudo xohlasa, bahsga tayyormiz. 

Har bitta o'yinda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Ertaga ham ulardan faollik kutamiz, biz ham shunga yarasha g'alabani tortiq qilamiz degan umiddaman.

Eslatib o'tamiz, U-17 JCH nimchorak finali doirasidagi Italiya bilan uchrashuv ertaga 17:30 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar