iks
ads

"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuviga qo'shimcha chiptalar sotuvga chiqariladi

  • Mr.NoBoDy 21.11.2025 07:32
  • 141
  • 30

Bir necha kun avval "Neftchi" - "Qizilqum" o'rtasidagi bahs uchun chiqarilgan chiptalar 2 soatda sotib bo'lingandi.

Shu boisdan Farg'ona viloyati hokimligi muxlislar uchun qulaylik yaratish uchun yana tahminan 2 mingtaga yaqin chiptalarni bugun sotuvga chiqaradi.

"Ayni paytda Superliganing 29-tur doirasida o'tkaziladigan "Neftchi" – "Qizilqum" bellashuviga qiziqish nihoyatda yuqori bo'lganligi sababli, Farg'ona viloyati hokimligi va jamoamiz rahbariyati ko'p ming sonli muxlislarimizning talab va istaklarini inobatga olib, Farg'ona viloyati IIB hamda Milliy gvardiya Farg'ona viloyati boshqarmasi bilan kelishilgan holda:

— tartibni saqlash xodimlari, mehmonlar ,shuningdek VIP va CIP sektorlarda ajratilgan joylarga  qo'shimcha jami 1961 dona chiptalar chiqarilishi va ushbu chiptalar sotuvga qo'yilishi haqida qaror qabul qilindi.

Malumot o'rnida: Qo'shimcha tarzda sotuvga chiqarilgan chiptalarni muxlislarimiz faqat ikki dona oshmagan holda sotib olish huquqiga ega bo'ladilar.

Chiptalar "Istiqlol" stadionining har ikki — orqa tomondagi va old tomondagi kassalarda soat 10:00 dan boshlab sotuvga chiqariladi", - deyilgan klub tomonidan berilgan xabarda.

Ўхшаш янгиликлар