
U hozir 40 yoshda.
"Bugun xayriya o'yinida atigi 30 daqiqa yugurganimdan keyin charchadim. Futbolda meni rag'batlantiradigan boshqa hech narsa yo'q, chunki men unda allaqachon juda ko'p narsalarga erishdim. Men qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Endi oilam bilan vaqt o'tkazishim kerak", – dedi Fernandino.

Fernandino "Manchester Siti" bilan Angliya Premer-ligasida 5 marta zafar quchgan. "Shaxtyor" bilan olti marta Ukraina chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, UEFA Kubogi (hozirgi Evropa Ligasi)da g'olib chiqqan. Braziliya terma jamoasi bilan Kopa Amerikani yutgan.
Futbolchi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 383 o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.