
FIFA buni barcha qatnashchilar tasvirlangan poster bilan qayd etdi, ammo keyinchalik uni olib tashladi.
Posterda Lionel Messi paydo bo'ldi, ammo Krishtianu Ronaldu yo'q edi. Afsonaviy portugaliyalikning muxlislari bu voqeadan g'azablandi va FIFAning ijtimoiy tarmoq menejerlari postni o'chirishga majbur bo'ldi.
Internetda hech narsa izsiz yo'qolmaydi va bu poster ham saqlanib qoladi. Biroq uni FIFAning ijtimoiy tarmoqlarida topa olmaysiz.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu kuni kecha Oq uyda mehmon bo'lgan va AQSH prezidenti Donald Tramp bilan tushlik ham qilgan edi.