
Apertura va Klausurada eng ko‘p ochko to‘plagan "Rosario Sentral" Argentina chempioni deb topildi. Klub 38 yil ichida birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) bir ovozdan "Rosario Sentral"ni liga chempioni deb tan olishga qaror qildi, chunki chempionatning birinchi bosqichida Anxel Di Mariya yozda qaytgan jamoa 35 ochko, ikkinchi bosqichda esa 31 ochko to‘plagan edi.
"Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoaga "Liga chempioni" unvonini ta’sis etishga bir ovozdan qaror qilindi," - deyiladi AFA press-relizida.
23 noyabr, yakshanba kuni "Rosario Sentral" Klausura 1/8 finalida "Estudiantes"ga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, AFA Apertura va Klausura pley-off g‘oliblari o‘rtasidagi chempionlik uchrashuvi rejalashtirilganidek o‘tishini ta’kidladi. Bu yilgi Apertura finali g‘olibi "Platense" bo‘lib, u "Urakan"ni mag‘lub etgan (1:0).